RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING JAMOATCHILIK FIKRINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI

Authors

  • Abror Sanaqulov TATU, “Jismoniy madaniyat va gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti

Keywords:

Ijtimoiy tarmoqlar, jamoatchilik fikri, media evolyutsiyasi, tavsiya algoritmlari, viral kontent, dezinformatsiya, feyk xabarlar, raqamli platformalar, siyosiy safarbarlik, filtr pufagi, axborot xavfsizligi.

Abstract

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning oddiy muloqot vositasidan strategik media platformasiga aylanish bosqichlari hamda jamoatchilik fikrini shakllantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Maqolada tavsiya algoritmlari va viral kontentning ishlash tamoyillari o‘rganilib, raqamli makondagi axborot erkinligi bilan bir qatorda feyk xabarlar va “filtr pufagi” kabi xatarlar yoritib berilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda so‘z erkinligi va mas’uliyatmuvozanatini saqlash zaruriyati asoslangan.

cover

Downloads

Published

2026-04-04