RAQAMLASHGAN JAMIYAT VA TA’LIMDA SAMARADORLIK: INNOVATSION YONDASHUVLARNING MOHIYATI

Authors

  • Ziyoda Abdullayeva Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Jismoniy madaniyat va Gumanitar fanlar kafedrasi, dotsenti

Keywords:

Ta’lim samaradorligi, innovatsion yondashuvlar, ta’lim falsafasi, axloq, raqamli ta’lim, pedagogik mas’uliyat, insoniy qadriyatlar, zamonaviy ta’lim, tarbiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, axloqiy xavflar.

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimi globallashuv, raqamlashtirish va

tezkor ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida nafaqat bilim berish, balki shaxsni axloqiy

jihatdan kamol toptirish vazifasini ham bajarishi zarur. Ushbu maqolada ta’limda

samaradorlik tushunchasi innovatsion yondashuvlar kontekstida falsafiy nuqtayi

nazardan tahlil qilinadi. Xususan, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt,

masofaviy ta’lim va shaxsga yo‘naltirilgan metodlarning ta’lim sifatiga ta’siri

yoritiladi. Shu bilan birga, innovatsiyalarni joriy etishda axloqiy tamoyillarning

o‘rni, pedagog mas’uliyati va ta’lim jarayonida insoniy qadriyatlarning saqlanishi

masalalari muhim deb topiladi. Falsafiy yondashuv asosida ta’lim samaradorligi

faqat natijaviylik bilan emas, balki tarbiyaviy va axloqiy ta’sir bilan ham

baholanishi lozimligi asoslab beriladi. Maqolada innovatsion ta’limning ijobiy

jihatlari bilan bir qatorda, axloqiy xavflari va muammolari ham ko‘rib chiqiladi.

Tadqiqot natijalari ta’lim siyosatini ishlab chiqishda, pedagogik strategiyalarni

takomillashtirishda hamda innovatsiyalarni mas’uliyat bilan joriy etishda nazariy

asos bo‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-04-04