HARBIY QISMLAR, MAHALLA VA TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDAGI HAMKORLIKNING YOSHLAR VATANPARVARLIGINI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI
Keywords:
vatanparvarlik, harbiy-fuqarolik hamkorligi, yoshlar siyosati, milliy g‘oya, ma’naviyat, xavfsizlik, harbiy ta’lim, mafkuraviy immunitet.Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston sharoitida harbiy qismlar va
ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning yoshlar vatanparvarligini
shakllantirishdagi o‘rni siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi.
“Xalq va armiya – bir tanu bir jon” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ochiq
eshiklar kunlari, “Matonat darslari”, harbiy-vatanparvarlik musobaqalari hamda
mahallabay ishlash tizimining mazmun-mohiyati ochib beriladi. Tadqiqotda milliy
g‘oya, ma’naviyat va xavfsizlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik asoslab berilib, yoshlar
ongida fuqarolik mas’uliyati va harbiy-kasbiy yo‘nalishni shakllantirish
mexanizmlari yoritiladi


