OTALIK MAS’ULIYATINI OSHIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
Keywords:
otalik mas’uliyati, psixologik yetuklik, infantilizm, sog‘lom oila, farzand tarbiyasi, ota-onalik roli, psixologik jarohat, emotsional bog‘liqlik, ijtimoiy-psixologik muhit, psixoterapevtik yordam.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy oila tizimida otalik
mas’uliyatining mohiyati va uning bolaning har tomonlama kamolotidagi o‘rni
atroflicha tahlil qilingan. Maqolada sog‘lom oilaviy munosabatlarda ota-onalik
mas’uliyatining teng taqsimlanishi masalalari o‘rganilib, erkak kishining
psixologik yetukligi va “infantil” ota tushunchalari qiyosiy jihatdan yoritib
berilgan. Shuningdek, otaning farzand tarbiyasidagi kundalik ishtiroki bolaning
jismoniy salomatligini muhofaza qilishdan tortib, uni hissiy jihatdan qo‘llab
quvvatlashgacha bo‘lgan muhim vazifalari batafsil bayon etilgan.


